Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud aktyori Jozef Gordon-Levitt Everyday, Spectacular (Har kun ajoyib – “Daryo” tarjimasi) loyihasi uchun metroda do‘mbira chaldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Gordon-Levitt metrodagi chiqishini 13-avgust, shanba kuni Facebook’dagi sahifasiga joyladi. Ayni damda videoni qariyb 3 million foydalanuvchi ko‘rdi. Aktyor aksiya aynan qayerda bo‘lib o‘tganiga aniqlik kiritmadi.

Xabarda qayd etilishicha, Gordon-Levitt musiqachi, xonanda, raqqos va boshqa ijrochilarni oddiy kundan “yorqin lahza” yaratishga chaqirdi. Bundan tashqari, aktyor o‘zi bilan ishtirok etadigan musiqachi va qo‘shiqchilarni izlayotganini ma’lum qildi.

Jozef Gordon-Levitt “Ibtido”, “Qora ritsar: Afsonaning qaytishi”, “Nafratimning 10 sababi”, “Yozning 500 kuni” va “Snouden” kabi filmlarda suratga tushgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kiyevdagi bombapanohlarning 44 foizi yopiq yoki yaroqsiz ekani ma’lum qilindi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi
Mahalliy
Toshkentda pul evaziga haj vizasi va kvota olib bermoqchi bo‘lganlar ushlandi