Xitoy yadro reaktorlari soni bo‘yicha Rossiyaga yetib oldi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) ma’lumotiga tayanib, Bloomberg agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Birinchi o‘rinni AQSh (100 ta reaktor), ikkinchi o‘rinni Fransiya (58), uchinchi o‘rinni Yaponiya (43) egalladi. Xitoy va Rossiya to‘rtinchi o‘rinni bo‘lishdi, har bir mamlakatda 35 tadan yadro reaktori mavjud.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikning qayd etishicha, Xitoy yangi yadro reaktorlari qurilishini davom ettirmoqda. Agentlikning ma’lum qilishicha, Xitoy yana 20 ta reaktor barpo etmoqda va yaqin vaqt ichida bu borada Rossiyadan o‘zib ketadi.
Xitoy keng ko‘lamli yadro dasturini amalga oshirgandan so‘ng Fransiya bilan ikkinchi o‘rin uchun raqobatlasha boshlaydi. Biroq bu o‘n yildan avval yuz bermaydi.
Izoh (0)