Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko 272 nafar sportchi Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga borish huquqini qo‘lga kiritgani haqida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
“272 nafar rossiyalik sportchining Olimpiadada ishtirok etish aniq bo‘lib ulgurdi. Ro‘yxatning to‘liq ko‘rinishi ertaga ma’lum bo‘ladi. Bu mezonlar faqatgina bizning jamoaga qaratilganini ko‘rib turibmiz. Ko‘ryapmizki, turlicha standartlar amalda. Biz fikrimizni bir joyga qo‘yib, ishlashda davom etishimiz kerak”, — deb Mutkoning so‘zlaridan iqtibos keltirilgan.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi 24-iyul kuni Rossiya terma jamoasini Olimpiada o‘yinlaridan butunlay chetlashtirmaslik qarorini e’lon qilib, bu borada rossiyalik sportchilarning olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasini sport federatsiyalari zimmasiga yuklagandi. Doping mojarosiga aralashib qolgan sportchilar esa Rio-de-Janeyro Olimpiadasini qo‘yib yuboradi.
Izoh (0)