Daryo

Xiaomi smartfoni foydalanuvchining qo‘lida yonib ketdi

Xiaomi kompaniyasi vakillari voqea tekshirilayotganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish11 876 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: XDA Developers

Xiaomi Mi4i smartfoni hindistonlik Ajay Raja Negining qo‘lida turganida o‘z-o‘zidan olov olib, portlab ketdi. Bu haqda, XDA Developers’ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: XDA Developers

Voqea ofisda ro‘y bergani bois kuzatuv kameralariga tushib qoldi. Videoqaydlarda ko‘rinishicha, Ajay olov olgan telefonni otib yuborgan, shundan so‘ng u portlab ketgan.

Xiaomi kompaniyasi vakillari voqea tekshirilayotganini ma’lum qildi. Tovon sifatida Negiga boshqa smartfon taklif qilindi.

Foto: XDA Developers
Foto: XDA Developers
Foto: XDA Developers
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar