Birlashgan Arab Amirliklarida Turkiya oliy harbiy qo‘mondonligining ikki nafar vakili davlat to‘ntarishiga urinish yuzasidan surishtiruv munosabati bilan qo‘lga olindi. Bu haqda CNN Turk telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Turkiya qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi bo‘linmalariga qo‘mondonlik qilgan general-mayor Jahit Bakir va brigada generali Shener Topuch Kobuldan Dubayga uchib kelgan. U yerda generallar Turkiya hukumatining tashabbusi va BAA maxsus xizmatlari yordami bilan qo‘lga olingan.
Seshanba, 26-iyul kuni ular Turkiyaga yuboriladi, u yerda esa konstitutsiyaviy tuzumni izdan chiqarish va mamlakatning amaldagi rahbariyatini lavozimidan mahrum etishni ko‘zlagan “parallel struktura”ga aloqadorlik ishi bo‘yicha so‘roq qilinadi. Anqara ushbu guruh AQShda yashovchi muxolifatchi Fathulloh Gulen bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador deb hisoblamoqda.
Izoh (0)