Liviya milliy birdamlik hukumatiga bo‘ysunuvchi qo‘shinlar Sirt shahrida IShID guruhining portlovchi modda ishlab chiqaruvchi zavodi ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
12-may kuni boshlangan Sirtni ozod qilish operatsiyasi davomida qo‘lga olingan portlovchi modda ishlab chiqaruvchi zavodlar orasida bu eng kattasidir. U yerdan turli portlovchi uskunalar, simlar, mobil telefonlar, turli elektron jihozlar topildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)