AQSh prezidentlik lavozimiga nomzod Donald Tramp IShID terrorchilik guruhini yo‘q qilish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Biz IShIDni yo‘q qilish va buni tezda amalga oshirishga tayyormiz. Buning uchun dunyodagi eng yaxshi razvedka tizimiga ega bo‘lishimiz, Hillari Klinton tomonidan o‘tkazilgan rejimlar almashinuvi siyosatidan voz kechishimiz, terrorizmga qarshi kurashishdagi maslakdoshlarimiz bilan birlashishimiz zarur. Buni hozir va tez amalga oshirishimiz zarur”, — dedi Tramp AQSh Respublikachilar partiyasi syezdida delegatlarga.
“Bu hududdagi asosiy hamkorimiz Isroil bilan ish olib borishni o‘z ichiga oladi”, — deya ta’kidladi u.
Milliarder NATOning terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi to‘g‘ri yo‘nalishdagi qadam ekanligiga urg‘u berdi.
Tramp, shuningdek, Amerika ma’muriyatining, ayniqsa Hillari Klinton davlat kotibi bo‘lgan davr tashqi siyosatini keskin tanqid qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)