Portugaliya terma jamoasi va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning umri davomida xayriya ishlari uchun sarf etgan mablag‘i 10 million yevroga yaqinlashib qoldi. Bu haqda “Stadion” “Futbol na kulichkax” nashriga asoslanib xabar berdi.
Krishtianu Yevro—2016 g‘olibligi uchun unga berilgan 275 ming yevroni xayriya ishlari uchun ajratib yubordi. Bundan tashqari u Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchganidan keyin olgan pullarini ham shu maqsadda yo‘naltirdi.
Sportchilar orasida xayriya ishlari uchun pul ajratuvchilar reytingida Krishtianu Ronaldu 1-o‘rinni egallab turgani qayd etilgan.
Izoh (0)