Fransiya politsiyasi 17-iyul, yakshanba kuni kechqurun yangi terakt tayyorlashi mumkin bo‘lgan taksichini qo‘lga oldi. Bu haqda 19-iyul, seshanba kuni Europe 1 radiostansiyasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan taksichining telefonida IShID terrorchilik guruhi faoliyati bilan bog‘liq suratlar va boshqa materiallar topilgan. Uning kvartirasida tintuv o‘tkazilganda portlovchi moddalar topilgan.
Fransiya adliya vaziri Jan-Jak Urvoa yuqoridagi radiostansiya efirida 19-iyul, seshanba kuni chiqish qila turib, hodisa yuzasidan biror bir ma’lumot keltirishdan bosh tortdi.
U, shuningdek, hozirgi paytda Fransiyada Suriyadagi jangovar harakatlar maydonida bo‘lib qaytgan 285 kishiga nisbatan tergov olib borilayotganligini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)