Mercedes-Benz kompaniyasi avtonom nazorat tizimi bilan jihozlangan “kelajak avtobusi” (Future Bus) prototipini namoyish qildi. Avtobus birinchi marta Gollandiyadagi Rapid Transit trassasida 20 kilometrlik yo‘nalishni bosib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ma’lum bo‘lishicha, Citaro avtobuslarida foydalaniladigan platforma Future Bus prototipi asosi qilib olindi. CityPilot nomini olgan avtonom nazorat tizimi ko‘plab datkichlar, kameralar va GPS moduli yordamida ishlaydi.
Tizim avtobus boshqaruvini santimetrgacha aniq amalga oshirish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, avtonom tizim svetofor ranglari va yo‘ldagi to‘siqlarni aniqlay oladi. Shuningdek, yo‘lovchilarni olish va tushirish joylarida mustaqil ravishda to‘xtaydi. CityPilot boshqaruvidagi avtobuslar soatiga 70 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi.
Avtobus saloni zamonaviy o‘rindiqlar, innovatsion chipta hisoblovchi, smartfonlar uchun simsiz quvvat oldiruvchi hamda katta displey bilan jihozlangan. Mazkur avtobuslar yo‘lda qachon paydo bo‘lishi haqida ishlab chiqaruvchi aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)