Fransiyaning Nitssa shahrida bo‘lib o‘tgan teraktdan so‘ng Italiyada qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Mamlakat politsiya xizmati xodimlariga ish vaqtidan tashqari qurol olib yurish tavsiya etildi. Bu haqda Italiya Ichki ishlar vaziri Anjelino Alfano Libero gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Terakt xavfi barcha yerda, shu jumladan, Italiyada ham yuqori. Nitssadagi hodisalardan so‘ng nazoratni yanada kuchaytirdik. So‘nggi farmoyishda esa yangilik kiritdik – barcha huquq-tartibot xodimlari ish vaqtidan tashqari qurol olib yuradi. Bu ogohlik darajasini oshirish maqsadida qilindi”, – deya tushuntirdi Alfano.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul kuni kechasi Nitssa shahrida yuk mashinasini boshqargan terrorchi olomon ustiga haydashi oqibatida 84 kishi halok bo‘ldi, 200 nafardan ortiq odam turli tan jarohatlarini oldi.
Izoh (0)