Turkiya poytaxti prokuraturasi mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinish oqibatida 60 kishi qurbon bo‘lganligini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Turkiyaning Anadolu axborot agentligi ma’lum qilishicha, Turkiya poytaxti Anqarada qurbon bo‘lgan 42 kishidan 17 nafari politsiya ofitseri bo‘lgan.
Avvalroq harbiy isyonchilar parlament va boshqa bir qator muassasalar binosini bombardimon qilgan poytaxtda 42 kishi, shuningdek, Istanbuldagi to‘qnashuvlarda yana olti kishi halok bo‘lganligi ma’lum qilingan edi.
OAV xabarlarida qurbonlar harbiylar bilan birga tinch aholi orasida ham bor ekanligi ko‘rsatilmoqda.
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim 130 nafar harbiy isyonchining hibsga olinganligi, shuningdek, harbiy to‘ntarishga urinishda ishtirok etgan generallardan biri o‘ldirilganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)