Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi eng ommabop surat aniqlandi. Amerikalik yosh qo‘shiqchi Selena Gomesning surati to‘plagan “layk”lar (4,2 million) va qoldirilgan izohlar (100 mingga yaqin) soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Suratda qo‘shiqchi qizil kiyimda, qo‘lida Coca-Cola shishasi bilan aks etgan. Rekord miqdordagi “layk”larni surat bor-yo‘g‘i ikki hafta ichida to‘pladi.
Shu tariqa Selena sobiq yigiti Jastin Biberga tegishli avvalgi rekordni yangiladi. Biberning romantik surati 3,7 million “layk” to‘plagan edi.
Billboard nashrining ta’kidlashicha, yosh yulduz suratining bunday omadga erishishi tasodif emas. Selena Gomes Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha ham rekordchi hisoblanadi. Uning obunachilari soni 90 millionga yaqin.
Izoh (0)