Germaniya kansleri Angela Merkel bundan buyon oyiga 18388 yevro maosh oladi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar bermoqda.
EUobserver nashrining ma’lum qilishicha, bu haqdagi qaror Germaniya hukumati tomonidan qabul qilindi.
Bunga qadar jahonning eng nufuzli ayoli oyiga 17992 yevro maosh olayotgan edi.
Qiyos uchun, Fransiya prezidenti Fransua Ollandning yillik maoshi 179000 yevroni, oyiga esa 14916 yevroni tashkil etadi.
Izoh (0)