Xitoyning Szyanszin okrugidagi 367 ta oiladan iborat qishloqda 39 juft egizak yashashi aniqlandi, deb yozadi TJournal.
Egizaklarning eng keksasi 89 yoshda, eng kichigi to‘qqiz oylikdir. Statistikaga ko‘ra, egizaklar 1,1 foiz hollarda tug‘iladi, ammo ushbu anomaliya hududida ularni qariyb har o‘ninchi uyda uchratish mumkin.
Shifokorlar hodisa sabablarini aniqlaganicha yo‘q, biroq ular buni homilador bo‘lish imkonini beradigan dorilardan ko‘rmoqda, ulardan xitoylik ayollar ko‘p foydalanadi.
Izoh (0)