Turkiya qo‘shnilari Suriya va Iroq bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatish niyatida, buning uchun esa bu ikki davlatda barqarorlik hukm surishi lozim. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim bayonot berdi, deb yozmoqda “Vedomosti”.
Ilgari Turkiya rahbariyati Suriya prezidenti Bashar Asadga keskin qarshilik bildirib, faqatgina uning hokimiyatdan chetlashtirilishi Suriyaga barqarorlik berishini e’tirof etib kelayotgan edi. Endilikda Yildirim Turkiya do‘stlari davrasini kengaytirib borayotganini va Suriya bilan iliq munosabatlar o‘rnatilishi rasmiy Anqara uchun muhimligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat ilgari Turkiya Su-24 voqeasi tufayli oralari sovuqlashgan Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilay boshlagan edi.
Izoh (0)