Rossiya aviakompaniyalarining moliyaviy ahvoli yomonlashmoqda, bozor ishtirokchilari sohaning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kutmoqda. Bu haqda 12-iyul, seshanba kuni Havo transporti foydalanuvchilari uyushmasining prezidenti Vladimir Tasun ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Uning ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyaning eng yirik aviakompaniyalari 2016-yilning birinchi choragida 24 milliard rubl zarar ko‘rgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 16 milliard rublni tashkil etgan.
Aviakompaniyalarning sarf-xarajatlari birinchi chorakda 15 foizga oshib, 225 milliard rublni tashkil qilgan. “Tariflarni oshirish yoki, misol uchun, Turkiyaga charter yo‘nalishlarini ochish orqali talabni tiklab bo‘lmaydi”, — dedi uyushma prezidenti.
Tasun sohaga oid hukumatning yanada tezkor reaksiyasi va sohani qo‘llab-quvvatlashning davom ettirilishi zarur ekanligini ta’kidladi.
Izoh (0)