AQShning Nyu-Jersi shtatida amerikalik marhum bokschi Muhammad Alining 1971-yilda vatandoshi Jo Freyzerga yutqazgan jangidagi boks qo‘lqoplari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda 11-iyul, dushanba kuni Goldin Auctions kimoshdi savdo uyi vakillari ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Qo‘lqoplar 1 million dollardan ortiqqa sotilishi kutilmoqda.
“Alining boks qo‘lqoplari u vafot etmasdan avval ham millionlarga sotilgan”, — deydi kimoshdi savdo uyi rahbari Ken Goldin. Uning ta’kidlashicha, bokschining o‘limidan so‘ng u bilan bog‘liq narsalarning narxi oshishini kutish mumkin.
Kimoshdi savdosi kelasi oyning boshida bo‘lib o‘tadi. Ali va Freyzer o‘rtasidagi jang 1971-yilning martida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan edi. Bungacha bokschilar birorta ham jangda mag‘lub bo‘lmagan edi.
Izoh (0)