Buyuk Britaniya tashqi ishlar vairi Tereza Mey rasman Konservativ partiya rahbariga aylandi, deya xabar bermoqda “RBK” partiya qo‘mitasiga tayanib. Partiya qo‘mitasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, u “zudlik bilan” o‘z vazifasiga kirishadi.
13-iyul kuni kechqurun Mey, shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini ham egallaydi. Bu haqda mamlakatning hozirgi bosh vaziri Devid Kemeron ma’lum qildi. Uning aytishicha, Mey “omilkor va kuchli” siyosatchi. Kemeron uning nomzodini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
11-iyul kuni Mey o‘z raqibi Andrea Lids saylovoldi poygasini tark etgach, Konservativ partiya yetakchisi va Britaniya bosh vaziri lavozimlariga yagona nomzod bo‘lib qolgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron, qirollik aholisi referendumda mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi uchun ovoz berganidan so‘ng, iste’fo berishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)