Bukingem saroyida idish-tovoq yuvadigan xizmatchi uchun ish o‘rni ochildi, uning maoshi yiliga 17 ming funt sterlingni tashkil qiladi. Tegishli e’lon qirollik uyining rasmiy saytiga joylangan, deb yozadi “RBK”.
Da’vogarlarga, shuningdek, Bukingem saroyida yashash imkoniyati taklif qilinadi, uning ish kunlari dushanbadan jumagacha. Asosiy majburiyatlaridan tashqari, nomzod oshpazlarga taom pishirishda yordam beradi.
Bukingem saroyi da’vogarga o‘ta katta talablar qo‘ymaydi. Ish joyida nomzodga barcha zarur ko‘nikmalarni o‘rgatishadi.
Izoh (0)