Afg‘onistonlik kontrabandachilar va tojikistonlik chegarachilar o‘rtasida ushbu mamlakatlarning chegarasida navbatdagi otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“To‘rt nafar afg‘onistonlik kontrabandachilar Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasidan o‘tib ketmoqchi bo‘ldi. Ular o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi va narkofurushlar chegara hududida yashirindi”, – dedi Tojikiston milliy xavfsizlik qo‘mitasining chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayev.
Qayd etilishicha, voqea joyida chegarachilar militsiya xodimlari yordamida 7 kilogramm gashish va bir qop kanobsimon guruhidagi giyohvand moddalarni aniqlagan.
Ushbu hodisa yuzasidan tergov ishi ochildi, surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)