Og‘ir vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik 24 yoshli bokschi Botirali Mamajonov professional faoliyatidagi navbatdagi jangini AQShda, mezbonlar vakili Everi Makfatterga qarshi o‘tkazdi. Bu haqda “Sports.uz” xabar bermoqda.
Bellashuvning dastlabki daqiqalaridan ustunlikni qo‘lga olgan o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokautga uchratib, muddatidan oldin jangni tugatdi.
Mazkur muvaffaqiyat Botirali Mamajonov uchun professional faoliyatidagi uchinchisi bo‘ldi. U oldingi ikki jangida ham raqiblarini nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Izoh (0)