O‘zbekistonlik Denis Istomin London shahrida davom etayotgan “Katta dubulg‘a” turkumidagi “Uimbldon” tennis turnirining yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Musobaqa rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, 29 yoshli o‘zbekistonlik tennischi belgiyalik David Goffenga qarshi kortga chiqdi. Ikki soat 13 daqiqa davom etgan bellashuvda Goffen 6:4, 6:3, 2:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Qiyos uchun, Denis Istomin dunyo reytingida 116, belgiyalik tennischi esa 11-o‘rinni egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston vakili dastlabki davrada Kevin Andersonni 4:6, 6:7, 6:4, 7:6, 6:3, ikkinchi davrada Nikolas Almagroni 6:4, 7:6, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Istomin “Uimbldon”dagi ikkita g‘alabasi uchun jami 80 ming funt sterling ishlab oldi.
Izoh (0)