1-iyul, juma kuni Xitoyning Guychjou provinsiyasidagi qishloqqa o‘pirilgan ko‘chkilar oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, yana 12 nafari bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Vayronalar ostida qolib ketgan 30 kishidan yetti nafari qutqarildi. Halok bo‘lgan 11 kishining jasadi topildi. Ko‘chki sodir bo‘lgan joyda 800 nafarga yaqin qutqaruvchi va harbiy xizmatchi ish olib bormoqda.
Ko‘chkilar kuchli jaladan so‘ng vujudga keldi. Bir qator tumanlarda suv toshqini, ko‘chki va sel xavfi tufayli odamlar ommaviy evakuatsiya qilinmoqda.
Izoh (0)