Amerikaning Forbes jurnali AQShning eng boy oilalari reytingini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Ro‘yxatda Uoltonlar oilasi yetakchilik qildi — ular 2014-yil, Forbes amerikalik badavlat sulolalar boyligini baholashni boshlagan vaqtdan buyon birinchilikni saqlab kelmoqda. Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik Wal-Mart reteyleriga asos solgan Jeyms va Sem Uoltonning yetti merosxo‘ri hisobiga jami 130 milliard dollarlik mol-mulk to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili esa Forbes Uoltonlar davlatini 149 milliard dollarga baholagan edi.
Reytingning ikkinchi pog‘onasini Koxlar oilasi o‘zida saqlab qoldi. Aka-uka Charlz va Devid Kox AQShdagi ikkinchi eng yirik xususiy kompaniya — Koch Industries’ni boshqaradi. Ular yana ikki ukasi bilan, Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, 82 milliard dollarlik mol-mulkka egalik qiladi (2015-yilda — 86 milliard dollar).
Yuqori uchlikka M&Ms va Snickers ishlab chiqaruvchilari egasi — Marslar oilasi yakun yasadi. Mars Inc. asoschisi Franklin Klarens Marsning uch nabirasi jami qiymatda 78 milliard dollarga egalik qiladi (2015-yilda — 80 milliard dollar).
Amerikaning eng boy oilalari a’zolarining umumiy boyligi bir yil ichida 11 milliard dollarga — 722 milliard dollargacha kamaydi. O‘nta sulola o‘z davlatini oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Reytingga kirish uchun chegara 10,7 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Izoh (0)