AQSh prezidentlik lavozimiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton “Respublikachilar Trampga qarshi” nomi ostidagi saytni ishga tushirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Unda Klinton saylovlarda Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz bermaydigan amerikaliklarga “Respublikachilar Trampga qarshi” yozuvi tushirilgan nakleyka sovg‘a qilishga va’da bermoqda.
Saytda nakleykani olish uchun to‘ldirish zarur bo‘lgan tegishli forma joylashtirilgan.
Sayt aynan Klinton tomonidan ishga tushirilganligi haqida Politico nashri ma’lum qilgan. Uning ma’lum qilishicha, sayt 27-may kuni ro‘yxatga olingan va 2-iyun kuni ishga tushirilgan.
AQShda prezidentlik lavozimi uchun saylovlar 2016-yilning 8-noyabrida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)