Boltiq davlatlari havo hududida 6—8-iyun kunlari NATOga a’zo va u bilan hamkorlik qiluvchi mamlakatlarning Ramstein Alloy 2 harbiy o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Latviya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, unga Boltiq davlatlarining fuqarolik aerodromlari ham jalb etiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
NATO Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Ramshtaynda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni Litva Harbiy-havo kuchlarining Shaulyaydagi aviabazasi qabul qiluvchi tomon bo‘ladi.
O‘quv mashg‘ulotlarida hozirgi paytda Boltiq davlatlari hududida NATO missiyasi doirasida patrul qilayotgan Portugaliya va Buyuk Britaniyaning, shuningdek, Germaniya, AQSh, Litva va Finlyandiya Harbiy-havo kuchlarining 20 ga yaqin harbiy samolyoti ishtirok etadi.
Ramstein Alloy harbiy o‘quv mashg‘ulotlari 2016-yildan boshlab o‘tkazilmoqda. Aprel oyida u Estoniyada o‘tkazilgan bo‘lsa, sentabrda Latviyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)