Donald Tramp 2-iyun, payshanba kuni Oq uy uchun kurashda raqibi sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning o‘zi haqidagi tanqidiy nutqini “bo‘lmag‘ur tomosha” deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Klinton o‘z chiqishi davomida Trampning tashqi siyosatdagi qarashlarini keskin tanqid qildi va uni AQSh prezidenti vazifasini bajara olmaslikda aybladi.
“Yolg‘onchi Hillarining bo‘lmag‘ur tomoshasi”, — dedi Tramp Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Trampning fikricha, Klinton uning tashqi siyosiy qarashlarini butunlay noto‘g‘ri talqin qilishga uringan.
Donald Tramp delegatlarning 1 239 ovozini to‘plab, 18—21-iyul kunlari Klivlendda bo‘lib o‘tadigan partiya milliy syezdida Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentlik lavozimi uchun nomzodi ilgari surilishini oldindan kafolatladi.
Shu bilan bir paytda, Klinton Demokratik partiyaning Filadelfiyada 25—28-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan milliy syezdida nomzodi ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan 2 383 ovozni haligacha to‘play olmagan. Hozirda u 2 312 ta ovoz to‘plagan.
Izoh (0)