Boltiq dengizida 3-iyun, juma kuni Baltops—2016 o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi. Mashg‘ulotlar ikki kunlik ishchi konferensiyasi bilan Tallinda boshlanadi va 19-iyun kuni yakunlanadi. Bu haqda, Estoniya Mudofaa kuchlari Bosh shtabi matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Tallinga AQSh oltinchi flotining Mount Whitney flagmani yetib keldi. Bu klassdagi kema Estoniyaga ilk bor keldi.
Estoniya Harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Admiral Cowan tralshchigi va Tasuja suvostida qo‘llab-quvvatlash kemasi mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Avvalroq AQShning Yevropa qo‘mondonligi 2016-yilgi Baltops o‘quv mashg‘ulotlarida NATOga a’zo 15 ta mamlakat, shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiya ishtirok etishini ma’lum qilgan edi. Asosiy harakatlar Estoniya, Polsha, Germaniya, Shvetsiya, Finlyandiya hududida, shuningdek, Boltiq dengizi akvatoriyasida bo‘lib o‘tadi.
Mashg‘ulotlarga tashkilotga a’zo mamlakatlarning 6,1 mingga yaqin harbiy xizmatchisi jalb etiladi.
Baltops o‘quv mashg‘ulotlari 1971-yildan beri o‘tkazib kelinadi.
Izoh (0)