Arizona va Nyu-Meksiko aholisi 2-iyun, payshanba kuni erta tongda Yer atmosferasi zich qatlamlarida yemirilib, yonib ketgan yirik meteoroidning kuchli chaqnashini kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
NASA’ning ma’lum qilishicha, uning bo‘laklari sayyora sirtiga qulab tushgan bo‘lishi mumkin, biroq biror bir vayronagarchiliklar haqida hozircha xabarlar kelib tushmagan.
“Guvohlarning ko‘p sonli ko‘rsatmalariga ko‘ra, diametri uch metrga yaqin, bir necha o‘nlab tonna vazn va o‘n kilotonnaga yaqin kinetik quvvatga ega bo‘lgan asteroid mahalliy vaqt bo‘yicha tonggi 4 da Arizona ustida Yer atmosferasiga kirgan”, — deb ma’lum qildi AQSh kosmik boshqarmasi.
Uning baho berishicha, osmon jismining tezligi soatiga 64 ming kilometrdan oshgan va so‘nggi marta u 35 kilometrdan ortiq balandlikda kuzatilgan.
Izoh (0)