3-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘onistonning yangi tayinlangan elchisi Sayid Shahobuddin Temuriyni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati axborot tarqatdi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Afg‘oniston munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga doir masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Afg‘oniston mazkur tashkilotda kuzatuvchi davlat sifatida ishtirok etadi.
Izoh (0)