5-iyun, yakshanba kuni Shveysariyada o‘tkaziladigan referendumda mamlakatning barcha fuqarolariga oyiga 2500 dollardan to‘lab borish masalasiga oydinlik kiritiladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Referendum ishtirokchilari bitta savolga javob berishi lozim: har bir fuqaro, ishlash-ishlamasligidan qat’iy nazar, davlatdan oyiga 2500 Shveysariya franki (2260 yevro yoki 2530 dollar) olishi kerakmi? Bu summa har bir Shveysariya fuqarosiga, u qayerda yashashidan qat’iy nazar, umrbod to‘lab boriladi.
Bolalarga 625 frankdan to‘lab borish ko‘zda tutilmoqda.
Agar tashabbus ma’qullansa, Shveysariya barcha fuqarolariga minimal daromad kafolatlangan birinchi davlatga aylanadi.
Demoscope o‘tkazgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shveysariyaliklarning ko‘pchiligi oylik daromad kafolatlangan taqdirda ham ishlashda davom etmoqchi. Respondentlarning 2 foizigina ishdan bo‘shashini ma’lum qildi.
Izoh (0)