Tailand shimoli-sharqidagi Nakxonpxanom provinsiyasida bir motorli o‘quv samolyotining halokatga uchrashi oqibatida uch nafar uchuvchi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 2-iyun, payshanba kuni Thai PBS telekanali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Diamond DA40 samolyoti havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tib, uchish-qo‘nish yo‘lagidan 200 metr masofada qulagan.
O‘quv samolyoti bortida ikki tajribali uchuvchi, shuningdek, bir nafar stajyor uchuvchi ham bo‘lgan. Samolyot ekipaji Bangkokka mashq reysini amalga oshirishi zarur edi.
Halokat sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)