Tailand janubida 1-iyun, chorshanba kuni yuz bergan to‘qnashuv oqibatida bir nafar harbiy va separatizm harakatining uch nafar jangarisi halok bo‘ldi. Bu haqda, Thai PBS telekanali ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Tailand qurolli kuchlari vakillari Naratxivat provinsiyasidagi changalzorda joylashgan jangarilar lagerini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Uch nafar jangari o‘ldirilgan, bir necha jangari esa changalzorda yashirinishga erishgan. Ularni ta’qib etish davomida yuz bergan otishmada bir nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan.
Maxsus operatsiyaning boshqa tafsilotlari hozircha noma’lum.
Yala, Pattani va Naratxivat provinsiyalari Tailandning eng janubiy hududlari hisoblanadi. Bu yerdagi qurolli to‘qnashuvlar 11 yildan buyon davom etib kelmoqda.
Izoh (0)