AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning saylovoldi shtabi uning Oq uy uchun yagona demokrat raqobatchisi, Vermont shtati senatori Berni Sandersning vakillari bilan yaqin muloqot qilmoqda. Bu haqda Klinton 31-may, seshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ular Demokratik partiyani jipslashtirish va respublikachi Donald Trampni noyabr oyidagi prezidentlik lavozimi uchun saylovlarda mag‘lubiyatga uchratish uchun kuchlarni birlashtirish masalasini muhokama qilmoqda.
Joriy yilning iyul oyida Filadelfiyadagi umummilliy syezdda partiyaning saylovlarda ishtirok etadigan rasmiy nomzodi nomi ma’lum qilingandan so‘ng, yangi tarafdorlarni to‘plash va partiya saflarini jipslashtirish demokratlarning asosiy vazifasiga aylanadi.
Klinton Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallamasligi uchun Sanders bilan qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini ta’kidladi.
Izoh (0)