Rio-de-Janeyroda Olimpiada o‘yinlari o‘tkazilishi munosabati bilan Braziliya hukumatining Avstraliya, Kanada, AQSh va Yaponiya fuqarolari uchun vizalarni vaqtincha bekor qilish haqidagi qarori 1-iyun, chorshanba kuni kuchga kirdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Mazkur tashabbus mualliflaridan biri, respublikaning turizm vaziri Enrike Alvesning ma’lum qilishicha, uchbu chora Janubiy Amerika mamlakatiga tashrif buyurishni istovchi sayohatchilar sonini oshirish imkonini beradi.
Avstraliya, Kanada, AQSh va Yaponiya fuqarolari uchun vizalarni bekor qilish haqidagi ko‘rsatma 30-dekabr kuni Braziliya hukumatining rasmiy nashri Diario Oficial’da chop etilgan edi.
Braziliyaga erkin kirish huquqidan mamlakatga 2016-yilning 1-iyunidan 18-sentabriga qadar tashrif buyurgan sayyohlar foydalanishi mumkin. Sayohatchilar uchun vizalar ularning Olimpiada tadbirlari uchun chiptasi bor-yo‘qligidan qat’i nazar talab etilmaydi.
Izoh (0)