Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) prezidenti Jilberto Xesus Mendosa 5-mart kuni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev hamda avstraliyalik Lukas Braun o‘rtasida o‘tkazilgan jang yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Tashkilot rahbari WBA muntazam chempionlik kamari uchun kechgan jang natijasi bekor qilinganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.

Foto: “Aus-boxing.com”

Foto: “Aus-boxing.com”
5-mart kuni Grozniy shahrida tashkil etilgan chempionlik jangi rasman o‘tkazilmagan deb topildi. Ruslan Chagayev faoliyatidagi mag‘lubiyatlar ustunidagi 3 soni rasman 2 soniga almashtirildi va chempionlik kamari o‘zbekistonlik bokschiga qaytarildi.Eslatib o‘tamiz, o‘sha jangda katta ustunlikka ega bo‘lgan Ruslan Chagayev 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan edi. Jangdan so‘ng olingan har ikki doping tekshiruvi Lukas Braunning qoni tarkibida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligini tasdiqladi.Shu tariqa, avstraliyalik bokschi rasman WBA muntazam chempionlik kamaridan mahrum etildi. Endilikda Ruslan Chagayev ushbu chempionlik kamarini Fres Okendoga qarshi jangda himoya qilishi kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar