Eron shu yil o‘zi ishlab chiqargan sun’iy yo‘ldoshdan kamida bittasini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda milliy kosmik agentlik rahbari ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Fevral oyida Islom respublikasi “Tong” sun‘iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli tarzda orbitaga chiqargan edi.
Eronning o‘zi ishlab chiqargan ilk sun’iy yo‘ldosh — “Umid” esa 2009-yilda uchirilgan edi. Uning ketidan 2009—2012-yillarda orbitaga yana uchta sun’iy yo‘ldosh chiqarilgan.
Izoh (0)