Ayollar o‘rtasida O‘zbekistonning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova Yaponiyaning Karuizava shahrida bo‘lib o‘tgan, mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollariga teng ITF turkumidagi tennis turnirining chempioni bo‘ldi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi final bahsida mazkur turnirning birinchi raketkasi sifatida tasniflangan belgiyalik An-Sofi Mestaxga qarshi kortga chiqdi. Bir soat 46 daqiqa davom etgan bellashuvda Abduraimova 6:3, 7:5 hisobida zafar quchib, Karuizawa Yonex Open–2016 turnirining bosh sovriniga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, chempionlik shohsupasiga qadar Nigina mezbon tennischilar – Haine Ogatani 6:1, 6:3, Yurina Koshinoni 6:3, 6:1, Mana Ayukavani 6:2, 6:3 hamda gollandiyalik Indi de Vrumni 7:6, 7:6 hisobida taslim qilgandi.
Izoh (0)