Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasining (FIFA) sobiq prezidenti, ikki karra Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, braziliyalik Joao Avelanj bugun, 8-may kuni 100 yoshga to‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rio-de-Janeyro shahrida tug‘ilgan Avelanj 1936-yilda suzish, 1952-yilda esa suv polosi bo‘yicha Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan.
Sportchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng u ma’muriy ishlarga o‘tib ketdi. Avelanj 1955–1963-yillarda Braziliya Milliy olimpiya qo‘mitasi a’zosi, 1963–2011-yillarda esa Xalqaro olimpiya qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan.
1974-yilda britaniyalik Stenli Rouz o‘rnini egallagan Joao Avelanj FIFAning yettinchi prezidenti bo‘ldi. U Yevropa vakili bo‘lmagan FIFAning birinchi rahbari sifatida qayd etildi.
Braziliyalik mutasaddi 1998-yilga qadar Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi rahbari bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)