Ispaniya futbol klublarining xalqaro maydondagi ishtiroki tobora yaxshilanib borayotgani, mamlakatning UEFA koeffitsentlar jadvalidagi o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda, deb xabar berdi “Chempionat”.
Shunga qaramay, Ispaniya klublari har ikki musobaqaning yarim finalidan keyin 0,429 ochko ishlay oldi. Buning natijasida Ispaniya joriy mavsum hisobidan reytingdagi ochkolari sonini 23,357 ga yetkazdi. Bu esa 1 ta mavsumda jamg‘arilgan ochkolar rekordini yangiladi.
Qayd etish kerak, avvalgi rekord ham Ispaniyaning o‘ziga tegishli bo‘lib, 2013/14-yilgi mavsum davomida mamlakat futbol federatsiyasi UEFA reytingida 23,000 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi.
23,357 balli rekord hali hammasi emas. Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Real” hamda “Atletiko”, Yevropa Ligasining hal qiluvchi o‘yinida esa “Sevilya” ishtirok etishi inobatga olinsa, Ispaniya bu ko‘rsatkichini yanada yaxshilab oladi.Ma’lumot uchun, UEFA koeffitsentlar jadvalidagi ballardan kelib chiqib, Chempionlar Ligasi va Yevropa Ligasi uchun mamlakatlarga kvota ajratadi. Unga ko‘ra Yevropada Ispaniyadan keyingi o‘rinni Germaniya egallab turibdi. 2015/16-yilgi mavsum hisobidan mos ravishda Angliya, Rossiya, Italiya, Fransiya, Portugaliya, Ukraina, Belgiya hamda Chexiya 10 talikdan joy olgan.
UEFA klublarining 2015/16-yilgi koeffitsentida ham Ispaniyaning ikki klubi — “Real” hamda “Barselona” yetakchi, uchinchi pog‘onada Germaniyaning “Bavariya” klubi bor. Klublarning umumiy reytingida “Real” peshqadam bo‘lsa, keyingi uch o‘rin “Bavariya”, “Barselona” va “Atletiko”ga tegishli.
Assotsiatsiyalar reytigida ham Ispaniya peshqadamlikni hech kimga bermagan. Keyingi o‘rinlar Germaniya, Angliya, Italiya va Portugaliyaga nasib qilgan.
Izoh (0)