Kecha, 29-aprel kuni Qatar Kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov to‘p surayotgan “Al-Jaish” jamoasi “Lahviya” klubiga qarshi kuch sinashdi, deb xabar bermoqda “Sports.uz”.
Uchrashuvning 31-daqiqasida Muhammad Mehnani Sardor Rashidovning uzatmasidan so‘ng hisobni ochib, “Al-Jaish”ni oldinga olib chiqdi. Sardor Rashidov ushbu uchrashuvda 45 daqiqa harakat qildi. Ikkinchi bo‘limda uning o‘rniga Yasir Abu Bakr maydonga tushdi.
O‘yinnig 79-daqiqasida “Lahviya” futbolchisi Dioko oradagi muvozanatni tikladi – 1:1. 90-daqiqada esa “Al-Jaish” to‘purarlaridan biri Hamidallah penaltidan unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi. Shunday qilib, “Al-Jaish” Qatar Kubogi sohibi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sardor Rashidov “Al-Jaish” safida Qatar vitse-chempioni bo‘lgandi.
Qatar Kubogi—2016. Final
29-aprel, juma
Izoh (0)