Bugun, 26-aprel kuni Misr poytaxti Qohirada saudiyalik tijoratchi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda, ONtv telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Axborotga ko‘ra, noma’lum shaxslar tijoratchini Ismoiliyadan Qohiraga boradigan avtotrassada ushlab, noma’lum tarafga olib ketgan.
Qirollik fuqarosi Misrda mevalar eksporti bilan shug‘ullanib kelgani aytilmoqda.
Izoh (0)