Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriyada 600 ga yaqin kishini birlashtiruvchi olti jangari guruh mamlakatdagi yarashuv va o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qo‘shildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Jangarilar guruhlari Damashq viloyatidagi Ruxeyba shahri hududini nazorat qilgan.

Rossiyaning urushayotgan tomonlarni yarashtirish markazi vositachiligida tuzilgan kelishuvni qurolli tuzilmalarning vakolatli vakili Ruxeyba masjidi imomi, yarashuv bo‘yicha mahalliy komissiya raisi shayx Holid Al-Keji Bujit, Damashq viloyati gubernatori o‘rinbosari Ahmad Adas, shuningdek, Suriya yarashuv vazirligi vakili Yasser Sa’da Allah imzoladi.

Kelishuvni imzolash marosimida gumanitar aksiya ham tashkil etildi. Rossiyalik harbiylar mahalliy aholiga 3,5 tonnaga yaqin mahsulot yetkazib berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentning ikki tumanida ichimlik suvi bir kunga to‘xtatiladi 
Mahalliy
Qatar amiri Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga keladi
Mahalliy
Farg‘onadagi tergov hibsxonasida mahbusga tan jarohati yetkazilgani haqidagi xabarlar rad etildi