Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iroq poytaxti Bag‘dodda sodir etilgan ikki terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohat oldi. Bu haqda, Reuters agentligiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AFP

Foto: AFP

Jangarilarning asosiy nishoni xavfsizlik kuchlari xodimlari bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni yanada ko‘payishi mumkinligi aytilmoqda.

Ikki holdayam jangarilar avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi uskunani harakatga keltirgan.

Hozircha birorta terrorchi guruh qo‘poruvchilik akti uchun javobgarlikni zimmasiga olgani yo‘q.

Bir necha kun muqaddam Bag‘doddagi shia masjidiga uyushtirilgan hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat
Mahalliy
Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi
Mahalliy
Toshkentda 11 yoshli qizga nisbatan uyatsiz, buzuq harakatlar qilgan 54 yoshli erkak qamoqqa olindi