“Bavariya” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Benfika”ga qarshi bahs olib borib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:0, 2:2) yarim finalga chiqdi. Myunxenliklar ustozi Xosep Gvardiola murabbiy sifatida mazkur musobaqaning yarim finaliga qadar yettinchi marotaba yetib keldi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Ispaniyalik 45 yoshli mutaxassis to‘rt marotaba “Barselona” va uch marta “Bavariya” bilan yarim finalga chiqib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Aleks Fergyuson va Karlo Anchelottiga tenglashib oldi.
Izoh (0)