Chevrolet kompaniyasi Sonic oilasi (Rossiya bozorida model Aveo deb nomlanadi)ning yangilangan talqinini namoyish etdi. Sedan va xetchbekning ommaviy namoyishi mart oyi oxirida Nyu-Yorkdagi motorshouda bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Carzone.uz”.
Restayling qilingan Sonic yangi avlod Spark kompakt-kari uslubida ishlab chiqilgan o‘zgacha radiator panjarasiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, model yorug‘lik diodli shakli o‘zgartirilgan asosiy chiroqlar, boshqa old va orqa bamper, yangi kapot va o‘zgacha dizayndagi g‘ildirak disklariga ega bo‘lgan.
Interyer fotosuratlari hozircha e’lon qilingani yo‘q, biroq avto ishlab chiqaruvchi “Sonik”da modernizatsiyalangan old panel va qizdiriladigan o‘zgacha rul chambaragi bo‘lishiga va’da bermoqda. Bundan tashqari, model bilan yetti dyuymli displey, Apple CarPlay va Android Auto’ni qo‘llab-quvvatlovchi interfeys, Wi-Fi nuqtasi va LTE tarmog‘iga ulanish imkoniga ega yangicha axborot-ko‘ngilochar kompleks taklif etiladi.
Dvigatellar safi o‘zgarishsiz qoladi. Ular 1,8 litr hajmli “atmosfera” va 1,4 litrli 138 ot kuchiga ega turbomotorni o‘z ichiga oladi. Transmissiya – olti bosqichli “mexanika” yoki xuddi shuncha diapazondagi “avtomat”.
Yangilangan Chevrolet Sonic oilasi avtomobillarining Amerikadagi savdosi 2016-yil kuzidan boshlanadi. Model narxi taxminan 14,5 ming dollardan boshlanadi.
Izoh (0)