Bugun, 23-fevral kuni, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Misrning Toshkentdagi elchixonasiga Misrning atoqli davlat va jamoat arbobi Butros Butros-G‘oliyning vafoti munosabati hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIVning rasmiy saytida axborot berildi.
“2016-yilning 23-fevral kuni Misr Arab Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida Misrning atoqli davlat va jamoat arbobi, 1992—1996-yillarda BMT Bosh kotibi lavozimida ishlagan Butros Butros-G‘oliyning vafot etganligi munosabati bilan ochilgan Hamdardlik kitobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nomidan qayd kiritildi”. – deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, Butros-G‘oliy 16-fevral kuni 93 yoshida olamdan o‘tgan edi.
Izoh (0)