Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikaning Apple korporatsiyasi rahbariyati iPhone smartfonlaridagi ma’lumotlarni shifrlashga doir masalalarni sud emas, AQSh Kongressi hal etishi lozim deb hisoblaydi. Bu haqda kompaniya vakillari jurnalistlarga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ular sud tomonidan 16-fevral, seshanba kuni chiqarilgan qarordan shokka tushganligini ma’lum qildi. Qaror hukumatga kompaniyaning qurilmalarida saqlanuvchi va parol bilan himoya qilingan ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni FQBga berishni nazarda tutgan.

Apple vakillarining so‘zlariga qaraganda, Vashingtonning ushbu pozitsiyasi AQShda mavjud fuqarolarning erkinligi va shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligiga mos kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh sudi Apple korporatsiyasiga Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligining “San-Bernardino mergani” deya nom olgan terrorchi Said Faruqga tegishli iPhone 5c telefonini buzish yuzasidan so‘roviga javob berish uchun qo‘shimcha uch kun muhlat berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘quvchilarga berilayotgan pasport, Toshkentda paydo bo‘lgan ovozkuchaytirgichli avtoulovlar, o‘ta xavfli jinoyatchini qo‘lga olish jarayoni — Toshkent shahar IIBB...
Texnologiyalar
ChatGPT’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
Sport
Rasman: Angelos Postekoglu “Tottenhem” bosh murabbiyi