Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Finlyandiya mudofaa vaziri Yussi Niiniste qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashish uchun AQSh armiyasi harbiy bo‘linmasi zirhli mashinalarda yetib kelishini tasdiqladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“AQSh qurolli kuchlarining 20 ga yaqin ‘Strayker’ zirhli mashinasi bahorning oxiriga belgilangan Arrow (“Kamon o‘qi”) harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etadi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Niinistening so‘zlariga qaraganda, Amerika harbiy texnikasining ishtirok etishi tashabbusi AQShdan chiqqan. Fevral oyining boshida fin matbuoti may oyida Finlyandiyadagi o‘quv mashg‘ulotlariga Oregon shtati Milliy gvardiyasining Harbiy-havo kuchlari yetib kelishi haqida xabar qilgan edi.

Oldinroq AQSh Norvegiyada sovuq urush yillaridan qolgan g‘orlarga tanklari va artilleriyasini joylashtirayotgani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?